Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog'lovchi Qashqadaryo daryosi o'zani ustidan o'tgan ko'prikning asos poydevorlari sel suvlari oqishi oqibatida, siz tasvirlarda ko'rib turgan ushbu holat yuzaga kelgan.
Ma'lim bo'lishicha, mazkur ko'prik Shahrisabz tumani obodonlashtirish bo'limi hisobidan ichki xo'jalik yo'llarini bog'lovchi ko'prik hisoblanadi. Aholining aytishicha, Bolsevar qishlog'ida joylashgan ushbu ko'prik, 1984-yilda qurilgan bo'lib, ayni kungacha minglab aholiga xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Bu ko'prik qulashi katta talofati bo'lmasa-da, ammo fuqarolarni tashvishga solmoqda. Har yili mavsumda kelayotgan sel toshqinlari, daryo qirg'og'ini 5-10 metrga aholi xonadoniga siljitmoqda. Shahrisabz tumani obodonlashtirish bo'limi mas'ulining ma'lum qilishicha, qulagan ko'prik qoldiqlari suv tingandan so'ng olib chiqib ketiladi. Ammo FVB bu masalaga jiddiy e'tibor qaratishi kerak. sababi, daryo qirg'og'i odamlarning xonadoniga tobora yaqinlashar ekan, keyingi talofatlar, qurbonlar bilan yakunlanishi mumkin.
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |