Ravot mahallasining Mustaqillik ko’chasida yashovchi 8 xo’jalik mana 30 yildir-ki, yo’llarning ta’mirtalab ekanligidan aziyat chekib yashamoqda. Oradan shuncha vaqt o’tsa-da, tuman markazidagi ko’cha, mas’ullar e’tiboridan chetda. Bundan tashqari ko’chadagi simyog’ochlarning yaroqsiz holatga kelib qolgani oqibati 80 ga yaqin fuqarolarning hayotiga xavf solmoqda. Sababi, sal shamolga ham tebranayotgan ustunlar kun kelib qulashi mumkin. Qarshi tumani hokimligi matbuot kotibi bilan bog’landik va manzilga mas’ullar keldi. Ammo muammo hal bo’lmadi. Manzilga kelgan tuman obodanlashtirish boshqarmasi mas’ulining so’zlari esa bundanda achinarli bo’ldi. Nazarimizda, Qarshi tumani hokimligi fuqarolarning murojaatini jiddiy qabul qilmayapti. Aks holda, ularga “Tashabbusli byudjetda qatnashing va yutib oling”- demasdi. Balki vaziyatning jiddiy ekanligini tuman hokimi Zoir Aliqulov to’g’ri baholay olmayotgandir. Yo’qsa, muammo mana 30 yildir-ki, e’tibordan chetda qolib ketmasdi.
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |