Oilaviy muammolar, boshqa ijtimoiy masalalar. Agar bular o‘z vaqtida hal etilmasa fuqarolarning ovoragarchiliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan bugun joylarda sudlar tomonidan tashkil etilayotgan fuqarolar qabullarida mazkur turdagi murojaatlarga huquqiy baho berilib, qonuniylikni ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan jinoyat ishlari bo‘yicha qarshi tumani sudi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi sayyor sud majlisi avvalida dastlab fuqarolarning bu boradagi murojaatlari o‘rganildi. Shuningdek, tadbir davomida tuman ichki ishlar bo‘limining probatsiya nazoratida turgan mahkumlarni muddatidan avval ozod qilish bilan bog‘liq hujjatlar sayyor sud davomida muhokama qilindi va sud ularni qanoatlantirishni lozim topdi. Bu esa bilib bilmay jinoyat sodir qilgan, xatosidan pushaymonda bo‘lgan mahkumlarni endilikda ozod insonlar sifatida uyga qaytishlarini ta’minladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy mohiyati inson qadrini yuksaltirishga qaratilarkan, avvalambor fuqarolar huquqlarining kafolotlari borasidagi o‘zgarishlar alohida ahamiyatga ega. Bu esa kundalik hayotimizda tobora namoyon bo‘lib borayotgani esa albatta quvonarlidir.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |