Yangiliklar

HAYOT SINOVLARIDA TOBLANGANLAR...

Поделиться:

Oyoqlari ishlamasligiga qaramay, mashinani to'liq qo'l bilan harakatlantirish yo'lini o'ylab topgan Shoxdor Elmurodov G'uzor tumanining "Jarariq" mahallasida yashaydi. Uning ikki oyog'i ham afsuski shol bo'lib qolgan. 1-guruh nogironligi bo'lgan shaxslar ro'yxatida turadi. Hayotning achchiq zarbalaridan sinmagan Shoxdor bobo temirchilik bilan shug'ullanib kelmoqda. Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlarining olib borgan o’rganishlari natijasida fuqaroning elektron nogironlik aravachasiga muhtojligi aniqlandi va uning muammosi ijobiy hal etildi. Saodat Fozilova 42 yoshda. 2-guruh nogironligi bo’lgan shaxslar ro’yxatida turuvchi fuqaro uyida qo’l mehnati asosida turli xil buyumlar yasashni yo’lga qo’ygan. “Inson” markazi tomonidan unga ham reabilitatsiya qilishning texnik vositalari berildi va  murojaati o’z yechimini topdi. Maqsad, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning og’irini yengil, mushkulini oson qilish orqali ularning jamiyatdagi faolligini oshirishdan iborat.

Muxbir: Dilshod Shodiyev

Kalendar

«    Март 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
"MAKTABLAR LIGASI"
6-06-2024, 16:23
img
QIMMATNING QILIQLARI...
1-06-2024, 15:47
img
KASB FIDOYILARI E TIROFDA!
19-04-2024, 18:24
img
ISLOHOT VA SAMARA
3-05-2024, 16:27
Оцените работу движка