Yangiliklar

SOATLAB YO'L YURAYOTGAN O'QUVCHILARGA TRANSPORT AJRATILADIMI?

Поделиться:

Qamashi tumanining paxtaobod mahallasiga qarashli lalmikor qishlogʼi. Tuman markazidan anchagina olisda boʼlgan bu qishloq bolalari taʼlim olish maqsadida har kuni 8-9 kilometr masofa bosib maktabga qatnaydi. Ularning dasturimizga murojaat yoʼllashlariga ham aynan ushbu masala sabab boʼldi. 


Qishloqda 12 umumtaʼlim maktabining filiali boʼlib, bolalar bu yerda boshlangʼich taʼlimni olishadi. Oʼquvchilar soni kamligi bois sinflar qoʼshilib, dars oʼtilarkan.


Аsosiy muammo boshlangʼich sinfdan keyin boshlanadi, deydi ota-onalar biz bilan suhbatda. Qarindoshi borlar oʼsha yerda qolib maktabga qatnasa, imkoniyati yoʼqlar uzoq masofa bosib dasrlarga borib kelarkan.


Odamlar farzandlari uzoq vaqt boshqa yerda yashayotgani uchun ularning tarbiyasi bilan shugʼullanishda muammolar tugʼilayotganidan xavotirda ekanligini maʼlum qilishdi. Ularning soʼzlariga koʼra hozirda qishloqdan 30 nafardan ortiq bolalar olis masofaga, hatto boshqa tumanlarda taʼlimni davom ettirib kelayotganini bildirib oʼtishdi.


Masalani oʼrganish jarayonida manzilda boʼlgan asosiy maktab rahbari ham qishloqdan 20 nafardan ortiq oʼquvchi uzoq masofadan qatnashini inkor qilmadi. 


Bu bolalar har kuni soatlab yoʼl yurishadi. Mahalla markazida qarindoshlar yoʼqligi bois ular har kuni shu uzoq yoʼlni bosib oʼtishadi. Ota-onalar bolalarining darslarga toʼlaqonli qatnashishi uchun hududga transport ajratilishidan umidvor. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi masala xususida shunday munosabat berdi. 


Davlatimiz rahbarining joriy yil 21 fevralda “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi farmoni bilan 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy oʼrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʼquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʼlga qoʼyilishi belgilab qoʼyilgan. Oʼylaymizki, yangi oʼquv yilidan boshlab lalmikorlik oʼquvchilar ham oʼz uyidan, ota-onasi bagʼridan emin erkin maktabga qatnash imkoniga ega boʼlishadi.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
O'ZBOSHIMCHALIK OQIBATI
24-05-2024, 17:00
img
QIMMATNING QILIQLARI...
1-06-2024, 15:47
Оцените работу движка