Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda, yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. 9-may
yurtimizda keng miqyosda bu kun katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Qarshi shahridagi “Motamsaro ona haykali” poyiga gul chambar qo'yish marosimi o'tkazildi. Qashqadaryo viloyati hokimi, qator mutasaddi tashkilot rahbarlari, vakillari ishtirok etishdi.
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir albatta. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurash,gan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.
Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kasaba uyushmalarida an’anaga aylangan. “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida joriy yilning 6-8-may kunlari qator urush va mehnat fronti faxriylari, nuroniylar, afg‘on urushi qatnashchilari xolidan xabar olishni rejalashtirgan. Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir!
Montajchi: Shahzod Panjiyev
Комментарии
Kalendar
« Январь 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |