Yangiliklar

HISOBOT KONSERTI: IJODKORLIK VA IJOBIY SAMARA

Поделиться:

Aytish mumkinki, zamonaviy jamiyat xoh hayotning barcha sohalarida bo'lsin, o'zining eng xilma-xil ko'rinishlarida musiqasiz yashay olmaydi. Kishiga ko'tarinki ruh bag'ishlovchi omil ham bu ashuladir...


Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatrida o'tkazilgan O'zbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyat bo'linmasi ijodiy jamoasining hisobot konserti ko'plab yangi ijodkorlar va yangi ovozlarni kashf etdi deyish mumkin.


Bo'linma tarkibida 55nafar san'at vakillari faoliyat yuritib kelishmoqda. Maqsad: milliy musiqa va qo'shiqlar jilosini xorijliklarga ham tarannum etishdan iboratdir.


Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tashkil etildi. Uning zimmasiga mamlakatda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish vazifasi yuklatildi. Bugun guvohi bo'lish mumkinki, kechagi ijod eski uslubligicha qolmayapti. Uni sayqallashtirish uchun tinmay harakat va mehnat qilinmoqda. 


Quyidagilar filarmoniyaning asosiy vazifalari sifatida belgilandi:

lektoriyalar, konsert va musiqiy-ma’rifiy faoliyat orqali aholining musiqa va raqs san’atiga bo‘lgan ma’naviy ehtiyojini qanoatlantirish;

musiqa va raqs san’ati sohasida ijodkorlarning sermahsul faoliyati uchun sharoitlar yaratish;

O‘zbekiston va xorijda musiqa va raqs san’ati yutuqlarini targ‘ib etish;

Davlat filarmoniyasi repertuarini eng yaxshi milliy va xorijiy mumtoz asarlar namunalari bilan to‘ldirish;

aholining barcha qatlamlarini madaniy hayot sohasiga jalb etish uchun konsert tadbirlari ommabopligini ta’minlash;

musiqiy va raqs jamoalari hamda ijrochilarining badiiy va professional mahoratini oshirish.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
14 TA OLIYGOH TALABASI...
17-05-2024, 16:44
img
AMIR TEMUR - 688 YOSHDA
9-04-2024, 18:07
img
XAVF BARTARAF ETILMOQDA
13-05-2024, 16:41
Оцените работу движка