Yangiliklar

MAVSUMDA 100 MLN. SO'MGACHA DAROMAD

Поделиться:

Yurtimizda tomorqa madaniyatining shakllanish, uni qo'shimcha daromad manbayiga aylantirish borasida aniq chora-tadbirlar asosida ish olib borilmoqda.  Bugun aksariyat yurtdoshlarimiz tomorqa oila uchun rizq-ro'z, qo'shimcha daromad manbai ekanligini yaxshi bilishadi. Keyingi yillarda tomorqachilikka qaratilgan e'tibor tufayli, aksariyat Qarshi tumanilik fuqarolar bu tizimning afzalliklarini to'liq anglab yetmoqdalar. Bugun Qarshi tumanidagi har bir xonadon vakillari o'zining tomorqasidan mavsumda 2-3 marta hosil olib, 30-40 mln.gacha daromad olmoqdalar. Ayni vaqtda biz ijodiy jamoamiz bilan Tallikuron mahallasida istiqomat qiluvchi 74 yoshli Mavlon otaning tomorqasidamiz. 7 nafar farzandning otasi, 30 ga yaqin nabiralarning bobosi Mavlon ota mana 75 yoshni qarshi olayotgan bo'lsa-da, hali ham tetik. O'zining tomorqasida 10 dan ortiq sabzavotlar va poliz mahsulotlarini yetishtiradi. Daromadi ham yomon emas. Sabzidan tortib, qovunning ko'kchi navigacha otaxonning xonadonidan topiladi. Tomorqada ish jarayonlari esa yanvar oyidan boshlanadi. Yerimizning har bir qarichini bekorga oltinga tenglashtirmaydilar. Azaldan unumdor tuproqlarimiz, go'zal tabiatimiz, zilol suvlarimizdan unumli foydalangan xalqimiz, shuning orqasidan ro'zg'or tebratib kelishmoqda. Tomorqadan unumli foydalangan holda, almashib ekishni yo'lga qo'yib, yiliga 3 martagacha hosil olishmoqda. Bu esa oilalar dasturxonining to'kinligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, bu borada Qarshi tumanliklar tomonidan olib borilayotgan ishlar taqsinga sazovor. Halol mehnat ortidan rohat ko'rayotgan Mavlon ota kabilar 100 mln.gacha daromad topmoqda.

Muxbir: G’olib Amirov

Kalendar

«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
YANGI FILIAL ISH BOSHLADI
11-05-2024, 15:10
img
YOSH QUTQARUVCHI - BO'LAJAK
26-04-2024, 18:40
Оцените работу движка