Ijtimoiy tarmoqlarda bolasini ayovsiz kaltaklayotgan, ularning ojizligidan foydalanib turli tazyiqlar ko‘rsatayotgan onalar haqidagi videolarni ko‘rgan kishining qalbi iztirobga to‘lishi ayni haqiqat. Turli munozara va muhokamalarga sabab bo‘layotgan bunday vaziyatlarda ba’zida uning yakuni qanday tugashi, qonunga muvofiq javobgarlik choralari qanday bo‘lishi haqida ogoh bo‘lavermaymiz. Mana suratdagi bolakay endigina 2 yoshga to‘ldi. Uning tanasidagi mana bu jarohatlar esa o‘z-o‘zidan yuzaga kelmagan. Go‘dakni shu ahvolga solgan uning onasi ekanligi esa yana ko‘ngilga og‘riq beradi. Aliment to‘lamay kelayotgan sobiq turmush o‘rtog‘iga jahl qilib bolasini shu ahvolga solgan ona afsuski, uni vaqtida shifokorga ham ko‘rsatmaydi. Boladagi jarohatlarni to‘satdan ko‘chada ko‘rib qolgan ayollarning sa’yi harakati bilan onaning qilmishlari fosh bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha qarshi shahar sudida muhokama etilgan mazkur ish yuzasidan utkazilgan sud majlisida onaning muqaddam og‘ir jinoyat sodir etgani va voyaga yetmagan farzandlari borligi uchun jazo kechiktirilganligi oydinlashdi. Biroq ayolning bundan tegishli xulosa chiqarmagani unga qimmatga tushadigan bo‘ldi. Panjara ortida turgan ayolning ko‘zlarida iztirob yoshlari. Atrofga olazarak boqib, nima qilib qo‘yganini tushunib, bolalarini izlaydi. Afsus bu pushaymonlik avvalroq bo‘lganida hozirda bolalarining mehribon onasi sifatida ularning bag‘rida bo‘lardi.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Январь 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |