Yangiliklar

YOSHLAR BANDLIGI - FAROVON KELAJAK KAFOLATI

Поделиться:
Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i...
Odatda, bayram va turli sanalar munosabati bilan gavjumlashadigan ushbu maskandan ayni dam ham tashrif buyuruvchilar oqimi uzilmayapti. 26 ta tashkilot, korxona va tadbirkorlik subyektlari yoshlar uchun tashkil etilgan mehnat yarmarkasi sabab, 2000 dan ortiq ish o‘rinlari bilan ishtirok etish uchun kelishgan.

Atrofni kuzatar ekansiz, chindan yoshlik onlariga qaytgandek bo‘lasiz. Rasmiy tadbir bo‘lsa – da, yigit – qizlar tomonidan ijro etilgan kuy – qo‘shiqlar qalbingizga xotirjamlik hissini ulashadi...
Ro‘yxat yozilgan ko‘rgazmalar oldidagi odamlar, ma’lumot beruvchilar... Bularning barchasi shu kabi jarayonlarning aholi uchun zarur ekanligini yana bir marta anglatadi.
Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyevning kelishi va yarmarka tafsilotlarining o‘rganishi ham ishtirokchilar va tashkilotchilarning kayfiyatini ko‘tardi.

Mas’ullarning aytishlaricha, shu kuni 623 nafar fuqaro ishlashi uchun yo‘llanma oldi. 100 dan ortig‘iga esa mavjud qonunchilik bo‘yicha zarur tushunchalar berildi. Ahamiyatlisi, xorijda ishlamoqchi bo‘lganlarga tashqi mehnat migratsiyasi tartibi aytib o‘tildi. Shuningdek, 15 nafar yigit – qizlarga o‘zlari istagan kasb – hunarni o‘rganishlari uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.
Muxbir: Zebo Qosimova
Operator: Asliddin Eshonqulov
Montajchi: Otabek Azimov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
BOLALARGA BERING DUNYONI!
6-06-2024, 16:16
img
TADBIRKOR - ELGA MADADKOR
6-06-2024, 16:31
Оцените работу движка