Yangiliklar

TAVSIYANOMA KIMLARGA BERILDI?

Поделиться:

Vatan sarhatlarini qo‘riqlashb uni xavfsiligini ta’minlash sharafli burch. Bu har bir yigit uchun g‘urur bag‘ishlaydi. Mas’uliyatli vazifada xizmat qilayotgan harbiylarning farzandlari uchun berilgan imtiyoz esa ularga yana bir karra rag‘bat hisoblanadi. Gap mamlakatimiz rahbarining 2018 yil 14-maydagi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining farzandlariga Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun belgilangan imtiyozlar haqida ketmoqda. Muxbirimizning hozirgi lavhasi shu Ana shu maqsadda, Qashqadaryo viloyati FVBda ham aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogin xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va sodir bo‘lganda bartaraf etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga respublika oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirishlari uchun tavsiyanoma taqdim etildi. Tadbirda  FVB rahbariyati, soha xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Endi ular respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadilar. Tantanali marosim davomida so‘z olganlar bunday imkoniyat va imtiyozlardan avvalo minnatdor ekanliklari sohani yanada yuksaltirish va taraqqiy etishida, aholining tinchligi, osoyishtaligi, turli favqulodda vaziyatlarda aziyat chekmasliklari yo‘lida hamisha xizmatga shay ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar. Yoshlarga esa bu imtiyozlardan oqilona foydalanishlari el-yurt, jamiyat istiqboli uchun munosib kadrlar bo‘lib kamol topishlari tiladilar. Tadbir so‘ngida o‘g‘il-qizlar ham maqsadlari yo‘lida bu ishonchni oqlashlarini ta’kidladilar. O‘ylaymizki, bu imtiyozlar kelgusida albatta o‘z samarasini beradi. Yildan yilga yoshlar uchun ilm olish imkoniyatlarning ortib borayotgani, ularni yuksak marralar sari yetaklasa ajab emas.

Muxbir: Mohinur Turg’unzoda

Kalendar

«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
UCH AVLOD UCHRASHUVI
3-04-2024, 18:17
Оцените работу движка