Yangiliklar

MARKAZIY YO'LLAR ABGOR HOLATDA

Поделиться:

Biz Qarshi tumani Talliqo’rg’on mahallasidan o’tgan markaziy yo’ldamiz. Bu yo’lda chuqurlar shu darajada ko’pki, bu yerda harakatlanayotgan avtomashinalar manabu kabi nosoz holga kelmoqda. Ha aka nima bo’ldi?


Ko’ryapsizki mana yo’lni, manabu ahvol bo’lyapdi mana hozir kelgunimcha prujina sinib ketdi da. O’zi shu kuni 2 ta prujinamni qo’ydirib kelgandim, manabu ahvoldan keyin yana prujinam sinib, tamir talab bo’lib turubdi. Endi qanday olib boraman ustaxonaga, buni tortib borish kerakmi yoki qanaqadir moshinaga ortib borish kerakmi? Ko’ryapsizku yo’llarni chuqur, chaqur bo’lib yotibdi.


Ushbu yo’ldagi chuqurlar shu darajada kattalashib boryapdiki ularni yopish uchun haydovchilar manabu kabi toshlar bilan to’ldirishga majbur bo’lishmoqda.


Muammoni o’rganish davomida hududda qatnaydigan yo’lovchi tashish transport vositalaridan biriga minib harakatlanib ketyapman. Ko’rib turganingizdek yo’llardagi katta-katta chuqurlar tufayli bu avtomashina silkina-silkina harakatlanib ketyapdi. Agarda bu moshina tez yordam bo’lganida men bemor bo’lsam ahvolim ne kechardi? Tasavvur qilish judayam qo’rqinchli.


Mazkur muammo yuzasidan mutasaddi shaxsdan biz telefon orqali rasmiy izoh oldik.


Doimgidek Nasaf tv bu muammoni ham o’z na’zoratiga oldi va biz belgilangan muddatda mavzuga yana qaytamiz.


Muxbir: Dilshod Nabiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
TADBIRKOR - ELGA MADADKOR
6-06-2024, 16:31
img
MARKAZIY YO'LLAR ABGOR HOLATDA
18-04-2024, 17:22
Оцените работу движка