Интересное:
Ramazon o‘xshashi yo‘q, fazilatda tengi yo‘q muborak oy. U ezgulik sayli, toat mavsumi, yaxshiliklar musobaqasidir. O‘tgan ulug‘larimiz Ramazonga shunday intiq bo‘lishar ediki, hatto oylar davomida “bizlarni Ramazonga eson-omon yetkazsin!”, deya iltijolar qilardilar. Ramazon kelib, uning har lahzasini ezgu amallar uchun zaxira qilishgach, yana bir necha oylar davomida “ bizdan Ramazondagi amallarimizni qabul etsin!”, deya tinmay duoda bo‘lardilar.
Barchamizga ma'lumki, Ro'za va ochlik orqali muolaja qilish oshqozon hazmi yaxshilanishi va undagi yig'ilib qolgan zaharlarning chiqib ketishiga yordam beradi. Buni har bir musulmon kishi har yili Ramazon oyida bir kun ham qoldirmay tutishi farz hisoblanadi.
Ro‘za tutishning inson organizmiga, ruhiyatiga foydasi beqiyos. O‘z ixtiyori ila o‘ttiz kun davomida ko‘ngli tusagan narsalardan tiyila olgan odam shubhasiz sabr-bardoshga ega bo‘ladi. Salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar buni tasdiqlayapti. Shu bois ochlik yo‘li bilan davolash tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda, davolashning bu turi dunyoda urf bo‘lmoqdi. Nafaqat sog‘liqni saqlashda, balki kasalliklardan xalos bo‘lishda ham ro‘za tutishning o‘ta zarurligi ta’kidlanyapti.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ro‘za qonda xolesterin miqdorining kamayishiga, natijada yurakda qon laxtasi (tromb) tiqilishining oldi olinishiga sabab bo‘ldi. AQSHda olib borilgan tadqiqotlar esa ro‘za qondagi qand moddasi va me’da shirasi kislotasini hech qanday dori vositalarisiz me’yorda saqlab turishini isbotladi.
Ochlik ta’sirlarini o‘rgangan germaniyalik olimlar uch-to‘rt hafta mobaynida 10-15 soat hech nima iste’mol qilmay yengil ish bilan shug‘ullanish sog‘lik uchun juda foydali degan xulosaga keldi. Doktor Bill Shernber har yili bir oy ro‘za tutish tetiklik va yoshlik asosi ekanini ta’kidlaydi.
O‘n bir oyga cho‘zilgan sog‘inch va ishtiyoqdan so‘ng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo oyi bo‘lmish muborak mohi Ramazon o‘zining tarovati, saxovati va barakoti bilan olamga tashrif buyurib, boshimiz uzra rahmat soyaboni bo‘lib turibdi.

Operator: Shahzod Panjiyev
Montajchi: Mohinur Turg'unzoda
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
Bo'limlar
Подпишитесь на нашу рассылку!
Random yangilik
30 NAFAR YOSHLARGA - 30 GEKTAR YER
19-04-2024, 18:21
HAMKORLIK
13-05-2024, 16:44
SEL VA SUV TOSHQINLARIDAN OGOHLIK
24-05-2024, 17:45
NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA
5-04-2024, 14:37
QIZIQISHDAN TADBIRKORLIKKA
27-04-2024, 17:42