Yangiliklar

20 DAN ORTIQ YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNING MUAMMOLARI O`RGANILDI

Поделиться:

O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil dek. da Jahon intellektual mulk tashkilotiga a'zo bo‘ldi, 1993-yildan sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasiga qo‘shildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ham ushbu yo‘nalishda ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.


Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan viloyatdagi, o‘z intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga joyida amaliy yordam ko‘rsatish uchun ularning vakillari bilan sayyor qabul tashkillashtirildi.


Tadbirda 20dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar mazkur yo‘nalishdagi muammolari bilan qatnashishdi. Masala joyida hal etildi. Ularga bu borada tushuntirishlar ham berildi. Joyida intellektual mulk obektlariga (jumladan, tovar va xizmat belgilari uchun guvohnoma olish, ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazgan holda paten olish va boshqalar uchun) muhofaza hujjatlari olish maqsadida elektron tizim orqali talabnomalar topshirishga ko‘maklashilgan holda amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
BIRLASHISH NUQTASIDA JAMMIZ
7-05-2024, 16:25
img
TANGANING IKKINCHI TOMONI
13-05-2024, 16:48
img
NIKOHSIZ TURMUSHNING MUSHTI
15-05-2024, 19:03
img
NO COMMENT:
6-06-2024, 16:09
Оцените работу движка