Yangiliklar

NIKOHSIZ TURMUSHNING MUSHTI

Поделиться:

Bu soʼzlar hamisha yonma-yon yuradi. Har bir inson baxtli hayot kechiray deb oila quradi, albatta. Аmmo, turli nizolar, kelishmovchilik yoki uchinchi shaxs aralashuvi sabab koʼplab baxt egalari orasiga sovuqchilik tushadi, farzandlar yetim qoladi. Shu maqsadda soha vakillari tomonidan koʼplab tushuntirish ishlari, ajrimlarga qarshi kurashish uchun er-xotinlar bilan individual suhbatlar oʼtkazib kelinmoqda.


15-may xalqaro oila kuni. Shu munosabat bilan Qarshi shahar FHDYo boʼlimi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. "Mening mahallamda oilaviy ajrim boʼlmaydi" mavzui yuzasidan oʼtkazilgan muloqotda fuqarolarga sabrli boʼlish, erta turmushning oldini olish, qaynona-kelin munosabatlarida iliqlik boʼlishligi xususida ham fikrlar yuritildi.


‌Erta turmush - keltirar tashvish deyilganidek, yoshlarning ajrim yoqasiga kelishlariga sabab koʼp hollarda shunga borib taqalyapti. Ota-onalar ham oʼgʼil-qizlariga ibrat boʼlib, namunali tarbiya berib oilaning nechogʼlik buyuk va muqaddas qoʼrgʼon ekanligini uqtirishsa maqsadga muvofiq boʼlar edi. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch boʼlsin! Oila kichik vatan, oila tinch boʼlsa, baxtli boʼlsa, vatan tinch boʼladi!


2024 yil yanvarь-mart oylarida qariyb 48,6 mingta nikoh qayd etildi. Bu oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kam. Nikohlarda ayollarning oʼrtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning oʼrtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etdi. Nikohdan ajralishlar soni 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga koʼpaygan.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Asliddin Eshonqulov

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка