Ko'zlarda kulgu va o'zgacha hayajon. Yuqori kayfiyatda, bayramona ruhda tantanaga jam bo'lgan Qashqadaryolik san'at vakillari bir dasturxon atrofida diydorlashdilar. Viloyat musiqali drama teatri xodimlari, raqs ustalari, rassomlar... Umuman olganda mazkur fidoyi soha egalarining ko'rishishiga sababchi bo'lgan bayram 15-aprel "Madaniyat va san'at xodimlari kuni" bo'ldi. Shu bois, hamma xursand, hamma shod.
Tadbir davomida esdalik sovg'alari bilan taqdirlanganlar ham bor. Oylab, yillab qilingan mehnat samarasini ular ana shunday shukuhli kunlarda ko'rdilar. O'yin-kulgu, shodiyonaga boy tarzda o'tgan madaniy kecha yillar davomida ular xotirasida muhrlanib qolishi shubhasiz.
Madaniyat, san'at vakillari doim e'tiborda, e'tirofdalar. Sababi, ularning mehnatlari hamisha vatanimizda sharaflanadi. Yuksak baholanadi. Chunki, ana shu kasb egalari bor ekan, insonlarga ma'naviy ozuqa ulashiladi, madaniy hordiq olishlariga ham turtki demakdir.
Montajchi: Shahzod Panjiyev
Комментарии
Kalendar
« Январь 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | ||
6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 |
20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 |
27 | 28 | 29 | 30 | 31 |