Yangiliklar

SUPERKUBOK QASHQADARYODA!

Поделиться:

To’p. Buni harakatlantirish kishidan katta mas’uliyat talab etadi. Sababi, darvozaga gol kiritish mushkul vazifa. Buning uchun futbolchi epchil, professional va chaqqon bo’lishi kerak. Qashqadaryoning yuzi bo’lgan Nasaf jamoasi yana bir karra g’oliblik shohsupasini zabt etib, vohadoshlarimizni mamnun etdi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogida “Nasaf” penaltilar seriyasida “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yutuqni qo‘lga kiritdi. “Nasaf” bosh murabbiyi Superkubok bahsidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.  Penaltilar seriyasi o‘yinni bezadi. Birinchi bo‘lim oxiri va ikkinchi bo‘lim boshini yomon o‘tkazdik. Penaltilar seriyasida omadimiz keldi. Futbolchilar va Abduvohidga rahmat aytaman. Jamoani uyg‘otish uchun nimadir sodir bo‘lishi kerak edi. Yoki gol yoki qizil kartochka o‘yinni o‘zgartirardi. Biz gol o‘tkazib yubordik. Jamoada ishtiyoq yuqori. Natija qilish uchun har qanday ishni amalga oshirib ko‘rish kerak. “Paxtakor” to‘pni nazorat qilishga intilishini bilardik. Biz shunga tayyorlandik. “Nasaf” doim yangi futbolchilarni kashf qiladi. Ammo bu yil ushbu tendensiyadan ozgina chekindi. Endi bizga talablar ortgan va shuning uchun biz tajribali futbolchilarga suyanmoqdamiz.  Shunga qaramay yoshlar doim e’tiborda. O‘yinlar muhimligi sabab, biz yoshlarga imkoniyat berib tajriba qilib ko‘ra olmaymiz”- deydi murabbiy o’z so’zida.

“Nasaf jamoasini Qarshi xalqaro aeroportida viloyat hokimligi va Qarshi shahar hokimi boshchiligidagi mas’ullar hamda OAV vakillari tantanali kutib olishdi. Superkubol  Qashqadaryoni yanada bezadi” desak bo'ladi albatta

Muxbir: Mohinur Turg’unzoda

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
AMIR TEMUR - 688 YOSHDA
9-04-2024, 18:07
Оцените работу движка