Yangiliklar

SURDO TARJIMON VA INKLYUZIV TA'LIM

Поделиться:

Mehr ko'zda... Bu hayotda yashar ekanmiz, kimgadir yaxshilik qilib, hayrli amallarga qo'l urgingiz keladi... Mustaqil O'zbekistonimizda hech kim mehr va e'tibordan chetda emasligi, ayniqsa quvonarli hol. Hattoki imkoniyati cheklanganlar uchun ham bir qator qulayliklar yaratilmoqda.


Qarshi shahridagi 17-sonli maxsus maktabda mutaxassislar tomonidan eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar va pedagog xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.  YUNICEF bolalar xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va viloyat boshqarmasi mas’ullari qatnashdilar.


Mazkur o'quv mashg'uloti Favqulodda vaziyatlar vazirligi va YUNICEF tashkiloti o‘rtasida imzolangan loyihaviy dastur bo'yicha tashkil etilib, asosiy maqsadi inklyuziv ta’lim muassasa tarbiyalanuvchilari hamda ko‘p sonli mehnat jamoasini turli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish borasidagi bilim-ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan. Seminar so‘ngida, pedagog va tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun qutqaruv xizmati texnikalari va maxsus anjomlari tanishtirildi. Surdo-tarjimon orqali ulardan foydalanish tartiblari o‘rgatildi.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Asliddin Eshonqulov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
"DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
23-04-2024, 16:09
img
"XAVFSIZ HAYOT UCHUN
22-05-2024, 17:49
Оцените работу движка