Yangiliklar

MASHHUR SPORTCHI O`QOTAR QUROLDAN VAFOT ETDI

Поделиться:

Shahrisabzda fuqaro tanishini otib qo‘ydi. Mazkur xabar aytish mumkinki, kuni kecha kunning asosiy mavzularidan biriga aylandi. Dastlabki ma’lumotlarda voqealar xronologiyasi shahrisabz shahridagi kafelardan birida boshlangani, keyinchalik ulfatchilik tumandagi tamaddixonalardan birida davom etgani ortidan mazkur ko‘ngilsiz holat yuzaga kelgani oydinlasharkan, vaziyat bilan yaqindan tanishish maqsadida manzilda bo‘ldik. Dastlabki ma’lumotlarda keltirilgan kafedan boshlangan o‘rganishlarimiz davomida kafe egalari tamaddixonada hech qachon spirtli ichimlik sotilmasligi, o‘sha kuni holat ishtirokchilari bu yerga kelmaganini va ularni tanimasligini ma’lum qilishdi. Keyingi manzilimiz tumandagi oshxonalardan biri bo‘lib, savollarimizga aynan shu yerda javob topdik.


Oshxona egasining so‘zlariga ko‘ra joriy yilning 29 mart kuni iftorlik vaqtida uch kishi oshxonaga kirib keladi. Bu paytda xo‘randalarning aksariyat qismi iftorlik bilan band bo‘ladi. Mijozlar avvaliga hovuzdagi baliqdan taom buyurishib, o‘zlariga ajratilgan o‘ringa borib o‘tirishadi.

Barcha singari bamaylixotir joylashgan mijozlar o‘rtasida biror tortishuv yoki baqir chaqir bo‘lmagandi, deydi oshxona xodimlari. Qayerdan ichishgani ham bizga qorong‘u, ammo ular juda mast edi. Taom buyurtirishdi. Odatdagidek ularga xizmat ko‘rsatdik deya qo‘shimcha qilib o‘tishdi.


Nima ustida tortishib qolgani noma’lum ulfatlardan biri kutilmaganda oshxonaga o‘zi bilan olib kirgan qurol bilan sherigini boshiga o‘q uzadi.

Yaralangan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatgan oshxona xizmatchisi holatni shunday izohladi.

Oshxona xodimlari jabrlanuvchini o‘z mashinalarida shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga olib borishadi. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvchi 31 mart kuni vafot etadi.

Birlamchi ma’lumotlarda kelishmovchilik 50 ming so‘m ustida kelib chiqqanini va marhumning taniqli sport ustasi ekanligi ma’lum qilinarkan, oshxona egalari hisob aytilmagani, ular bor yo‘g‘i yarim soat o‘tirganliklari va shu orada ushbu holat yuz berganini bildirib o‘tishdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining rasmiy munosabatiga ko‘ra hozirda jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlanib, jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muxbir: Shavkat Aminov
Operator: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка