Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan ham yerga oid huquqbuzarliklar muntazam ravishda aniqlanib, qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari haqida fuqarolarga batafsil tushunchalar berib kelinmoqda.
Bugungi kunda yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy ravishda imorat qurganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan. Qonunchilikka ko'ra, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa, uch yuz baravar miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Har bir ishda belgilangan tartib-tamoyillar, qonun-qoidalar asosida ish yuritish, har jihatdan fuqarolarga ham, davlat idoralari vakillariga ham qulaylik yaratadi. Bugun aholi orasida yerga oid qonunchilik talablarini tushuntirish maqsadida kadastr va mahalla hamkorligi yo'lga qo'yilgan.
Noqonuniy ish hech qachon fayz keltirmaydi. Shunday ekan, yerga egalik qilishning qonuniy yo‘llarini tanlang.
Montajchi: Shahzod Panjiyev
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |