Yangiliklar

JINOYAT SODIR ETGANIDA HALI VOYAGA YETMAGANDI

Поделиться:

Inson umri oq qog‘ozga o‘xshaydi. Hayot yo‘llari esa shu qog‘ozga taqdir bitiklarini tushiradi. Afsuski, ba’zida inson taqdiriga uzi istamagan bitiklar tushadiki, buning yakuni sim to‘siqlar ortiga yetaklamasdan qolmaydi. Eng yomoni hali balog‘atga yetib yetmay mahkumlik libosini kiyish, yoshlikning navqiron yillarini panjara ortida o‘tkazishdan og‘irrok yuk yo‘q.


Qarshi shahridagi 3-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan mahkumlar orasida voyaga yetmasdan jinoyat sodir etgan shaxslar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Garchi ularnig tashqi ko‘rinishida yoshlikning navqironligi sezilib tursa-da, ko‘zlaridagi aybdorlik hissini sezish emas. Ular bugun xatolarini tushunib yetgan, pushaymonda. O‘zlariga nisbatan qonuniy yengillik berilishidan umidvor.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining navbatdagi sayyor sud majlisida bir qator mahkumlarning muddatidan avval ozod etilishini va jazosini yengilrog‘iga almashtirish yuzasidan yozgan iltimosnomalari muhokama qilindi. Unga ko‘ra to‘plangan hujjatlar va berilgan tavsiflar e’tiborga olinib, sudya bir guruh mahkumlarning iltimosnomalarini qanoatlantirishni lozim topdi.


Inter sudya Botirali Diyorov, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi raisi

Imkoniyat bu imtiyoz emas albatta. Hayotning qolgan qismida yana shu sim to‘siqlar ortiga qaytmaslik insonning o‘z qo‘lida. Yengillik berilgan mahkumlarga qonunlarimizdagi insonparvarlikning mohiyati xususida tushuntirishlar berilarkan, qayta jinoyat sodir etishlari ogirrok jazo tayinlanishiga sabab bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
HAMKORLIK
13-05-2024, 16:44
img
"OLTIN DEVOR" SPEKTAKLI
18-04-2024, 17:56
Оцените работу движка