Yangiliklar

ZARARKUNANDALAR BARTARAF ETILDI

Поделиться:

Kuni kecha dasturimiz orqali Kitob tumanining Minjir qishlog‘i adirlariga chigirtkalar xavf solayotgani xususida xabar bergandik. Masalaning jiddiy tus ola boshlayotgani xususida ma’lum qilgandik. Vaziyat taqozosi bilan ko‘rilgan choralar, amalga oshirilgan ishlar natijasini bilish maqsadida yana shu manzilga yo‘l oldik.


O‘rganishlarimizni aynan biz tasvirlarda ko‘rsatgan qishloq odamlari "Yetim cho‘qqi" deb nomlaydigan hududdan boshladik. Ikki kun avval kelganimizda bu yerdagi manzara butkul boshqacha edi. O‘z vaqtida olib borilgan kimyoviy jarayonlar ta’sirini esa hududni aylanish jarayonida guvoh bo‘ldik. Atrof nobud bo‘lgan zararkunandalarga to‘la. Odamlar esa xotirjam kayfiyatda." Muhimi muammoga e’tibor qaratildi", - deydi ular biz bilan suhbatda. 


Keyingi manzilimiz fermer xo‘jaliklari dala maydonlari bo‘ldi. Ayni damda ham hududda kimyoviy ishlov berish ishlari davom etib, jarayon mas’ullar nazoratida ekanligining guvohi bo‘ldik. 

Asosan, o‘simliklar bilan oziqlanadigan bu zararkunandalar viloyatning Dehqonobod, G‘uzor, Qamashi tumanlarida ko‘proq kuzatilgani aytilarkan, mazkur hududda yaqin 10 yillar davomida "Bunday ko‘lamdagi zararkunandalar kuzatilmagandi",- deydi mutaxassislar.


"OAVda ko‘tarilgan muammoning o‘z vaqtida oldi olingani biz uchun ham foydali bo‘ldi", - deydi tuman hokimligi mas’ullari ayni holat haqida to‘xtalib.

Inter hokim o‘rinbosari Haydar Malikov, kitob tumani hokimi o‘rinbosari

Hududda hali ishlov berilishi zarur bo‘lgan maydonlar. Mas’ullar zarakunandalarning to‘liq bartaraf etilmaguncha ishlar davom etishini, bu uchun texnika va zahiralar yetarli ekanligini hamda bu borada murojaatlar bo‘ladigan bo‘lsa, zudlik bilan choralar ko‘rilishini bildirishdi. Demak, endilikda xavotirlarga ham asos qolmaydi.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
SEL TO G ONNI BUZIB YUBORDIMI?
18-04-2024, 17:27
img
"OLTIN DEVOR" SPEKTAKLI
18-04-2024, 17:56
Оцените работу движка