Mazkur hudud cho’l zonasi. Ammo bu yerni ham go’zallashtirish yoki ko’klamzorlashtirish mumkin. Ana shunday xayrli ishga bel bog’lagan nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi jamoasi ham do’stlik kanalining muhofaza qismiga 300 tup bodom ko’chatlari o’tqazishdi.
Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish, iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlarini tanlash, ekish, to‘g‘ri parvarishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Boshqarma va tuman uchastkalari tomonidan 1 -10 aprel kunlari e’lon qilingan zarbdor un kunlik aksiyasida nasos stansiyalari va unga tutash hududlarga jami 25 ming 700 tup ko‘chatlar o‘tqazilishi rejalashtirilgan. Bugungacha 9 ming 300 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, “Yashil makon” eko platformasiga kiritilishi ta’minlandi. Shuningdek, ushbu ko‘chatlar parvarishi hamda muhofazasi uchun mas’ullar biriktirildi. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek,
“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”.
Montajchi: Asliddin Eshonqulov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |