Uzog'imizni yaqin qilishda uyali aloqa vositalaridan foydalanamiz. Bugun har bir sohada bo'lgani kabi mamlakatimizda bu tizim bo'yicha ham qulayliklar yaratib kelinyapti. Albatta aholi talabiga ko'ra maxsus idoralar soni ortmoqda. Ana shundaylar sirasiga Qarshi shahrida mobi.uzning ikkinchi filiali ochilganligini aytishimiz mumkin.
Ma'lumot o’rnida, mazkur kompaniya 2014-yil 1-dekabrdan boshlab, O'zbekiston mobil aloqa bozorida faoliyat yuritib kelmoqda. Ochilish marosimida ishtirok etgan va boshlovchi tomonidan berilgan sohaga oid savollarga to'g'ri javob berganlar rag'batlantirildi.
Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: “Odamlarga qulaylik yaratish, ular istagini manzilli o‘rganish davlat siyosati darajasidagi masaladir”.
Ana shunday obyektlarning yo'lga qo'yilishi tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar timsolidir. Muhtaram Prezidentimiz biznes vakillariga ta'rif berar ekanlar, "Hech shubhasiz, keyingi yillarda sizlar iqtisodiyotimiz va islohotlarimiz tayanchiga hamda lokomotiviga aylandingiz”, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Siz kabi ishning ko‘zini biladigan, ishbilarmon yurtdoshlarimiz timsolida biz, tom ma’nodagi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini ko‘ramiz."
Montajchi: Shahzod Panjiyev
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |