Qarshi shahar Roguzar mahallasida joylashgan aynan mana shu uyning yonginasida ko’rib turganingizdek 6 qavatdan iborat qurilish obyekti qurilmoqda. Ammo bu qurilish obyekti ushbu uyga jiddiy zarar keltiryapti. Shu sababli, shu uyda yashovchi fuqarolar dasturimizga yordam so’rab murojaat qilishdi. Xo’sh, bu yerda xususiy klinika qurayotgan tadbirkor holatni qanday izohlaydi. Ko’rib turganingizdek, tadbirkor tegishli tashkilotlar ruxsatiga asosan qurilish qilganini ta’kidlamoqda. Qashqadaryo viloyati qurilish boshqarmasi mas’ul xodimi esa holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. “Mas’ul shaxs hudud aholisi roziligini olmasdan, nega bu yerda qurilish boshqarmasi tomonidan ko’p qavatli obyekt qurishga rozilik bergan?” -degan savolimizga ko’rib turganingizdek, tayinli javob bera olmadi. Uning ta’kidlashicha tomonlar bu masalada sudga murojaat etishi kerak, shunda barchasiga qonuniy baho beriladi.
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |