Yangiliklar

UY QAMOG'I SIM TO'SIQLAR ORTIGA ALMASHTIRILDI

Поделиться:

Odatda sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlariga mahkumlar tomonidan e’tiborsizlik bilan yondoshish holatlari ko‘p kuzatiladi. Aslida sud hukmi e’lon qilinayotganda tayinlangan jazoga nisbatan mas’uliyatli bo‘lish ta’kidlanib, jazoni ijro etish qoidalarining buzilishi og‘irroq jazoga olib kelishi xususida tushuntiriladi.

Afsuski, talablar va belgilangan cheklovlar buzilishining oqibatlari o‘z vaqtida anglab yetilmaydi. Keyingi jarayonlarda esa vaziyat keskin o‘zgarib, jazoning davomi panjara ortiga tutashadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining navbatdagi sud majlisida ko‘rib chiqilgan dastlab ish yakunida ozodlikni cheklash jazosini o‘tab kelayotgan mahkumning jazosi og‘irrog‘iga almashtirildi. Albatta buning o‘ziga yarasha sabablari yo‘q emas edi.

Mahkum oilaviy sharoitidan kelib chiqib, cheklovlarni buzishga majbur bo‘lganini ta’kidlarkan, sud jazo qat’iy o‘talishiga e’tibor qaratdi. Shu boisdan mahkumning keltirgan vajlari inobatga olinmadi.

Bo‘lib o‘tgan sud davomida shuningdek, qilmishidan pushaymonda bo‘lgan, jazo o‘tish qoidalariga og‘ishmay amal qilib kelgan yana bir guruh mahkumlarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar ham muhokama qilindi.

Hayotda adashish, xatoga yo‘l qo‘yish tabiiy hol. Biroq xatolardan xulosa chiqarish esa aql mevasi. Sud ajrimi bilan muddatidan avval ozod etilgan mahkumlarga bu haqda tushuntirilarkan, jazoning shartli ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Сентябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
"SO'ZDAN AMALGA - DADIL
1-06-2024, 16:32
Оцените работу движка