Oila ota, ona va farzanddan iborat uchta tirgakka quriladi. Buning baxt-saodati ham, kamoli va farovonligi ham, tinchligi, osoyishtaligi ham ana shu uch ustunning bir - biriga munosabatiga, ahlligiga, yaxshi tarbiyasiga bog‘liq.
Bular bo‘lmas ekan, qo'rg'on tanazzulga yuz tutaveradi. Mazkur inqiroz esa, o‘z navbatida, jamiyatni larzaga keltiraveradi.
Qashqadaryoda Sudlar tomonidan nikohdan ajratish bilan bog‘liq jami 1.220ta fuqarolik ishi ko‘rilib, shundan 515 tasi qanoatlantirilgan, 54 ta fuqarolik ishi taraflar yarashganligi sababli ish yuritishdan tugatilgan, 424 ta da’vo rad qilingan, 127 ta da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilgan. Ushbu ma'lumotlar o'tkazilgan matbuot anjumanida aytib o'tildi.
Inson qilgan jinoyati uchun jazo olmay qolmaydi. Har qanday xatoning jazosi bor. Buni qay shaklda berilishi esa jinoyat ko‘lamiga ko‘ra belgilanadi. Muloqotda ta'kidlanganidek, 2024 yil 1-choragida , 1202 shaxsga nisbatan 900 ta jinoyat ishi ko‘rilgan.
Ishi ko‘rib tamomlangan shaxslarning 980 tasi yoki,
81,5 % bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan, 1 tasi yoki, 0,08 % oqlangan, 218 tasi yoki,
18,1 % ining ishi harakatdan tugatilgan, shundan 206 tasi yoki , 17,1 %ining ishi yarashuv asosida tugatilgan.
2024 yilning 1-choragi davomida Qashqadaryo viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlariga 2.995(2023 yil 1-choragi davomida 3.468)ta murojaat kelib tushgan (murojaatlar 2023 yil 1-choragiga nisbatan 473 taga kamaygan).
Mazkur murojaatlarning 269(320)tasi umumiy murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 51 taga kamaygan;
1.028 (1.504)tasi shaxsiy va sayyor qabullar jarayonida kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilga nisbatan 476 taga kamaygan.
Yangi O'zbekiston - imkoniyatlar manzili.
Yaratilayotgan qulayliklardan oqilona foydalanish va vaqtni besamar o'tkazmaslik maqsadga muvofiqdir. Chunki, bekor yurgan kishidan turli yomonliklar kelib chiqadi. Buning oxiri esa jazoga tortilish bilan tugallanadi.
Montajchi: Shahzod Panjiyev
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |