Yangiliklar

QURILISHDAGI QING`IRLIKLAR

Поделиться:

Tashabbusli budjetning joriy yilgi 1-mavsumiga start berilarkan, doimgidek, jarayonlar qizg'in kurashlar bilan o'tdi. Biroq bugun biz bu haqda emas, balki tashabbusli budjetning 2023 yilgi 2 mavsumida g'olib bo'lgan, Koson tumanining etak mahallasining 32 umumta'lim maktabidagi qurilish jarayonlari xususida so'z yuritamiz.

Sir emaski, aynan mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinarkan, undagi holatlar jamoatchilikning haqli etirozlariga sabab bo'ldi. Biz esa videodagi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida manzilda bo'lib, jurnalistik surishtiruv olib bordik.

O'tgan asrning 70 yillarida qurilgan eski maktab binosi yillar davomida ma'nan eskirgani ortidan ta'mirlash uchun tashabbusli budjet ochiq portaliga qo'yilarkan, odamlar g'olib bo'lishga astoydil harakat qilishdi, deydi maktab rahbari.

Quruvchi tomonidan ajratilgan mablag' barcha ishlarni bajarishga yetmasligi aytilarkan, o'qituvchilar va aholi hashar yo'li bilan ularga yordam ham berishganini ta'kidlab o'tishdi.

Chindan ham quruvchilar binoning pol qismini betonlashtirilishida qo'pol xatolikka yo'l qo'yishganini manzilda bo'lib, butun boshli binoda qo'porish ishlari avjida ekanligini kuzatish asnosida sezish qiyin bo'lmadi.

Tashabbuskorlar maktabning tom qismidagi ishlarda ham ko'zbo'yamachiliklar bor deyishgach, ularga ergashib tomga tirmashdik.

Holat bo'yicha izoh olish maqsadida qurilish tashkiloti mas'uli bilan bog'lanishga harakat qilarkanmiz, mas'ul kamchiliklarni inkor etmagan holda ishni loyiha asosida yakuniga yetkazishga va'da berib, buni telefon orqali bizga ma'lum qildi. Tuman hokimligi mas'ullari ham maktabdagi qurilish ishlari nazoratga olinganini bildirib o'tishdi.

Ta'kidlash kerakki, tashabbusli budjet fuqarolarning o'z hududidagi muammolarga nisbatan daxldorlik hissi va nazoratni ham sezilarli darajada oshirdi. Biz ham maktab jamoasiga qurilish ishlari yakuniga yetganida yana bir bor mavzuga qaytish va'dasi bilan ortimizga qaytdik.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
KO'K RANGDAGI FAVVORA,
9-05-2024, 14:54
img
ALOQACHILARGA MUROJAAT
9-05-2024, 14:10
img
"XOTIRA AZIZ - QADR MUQADDAS!"
11-05-2024, 15:04
Оцените работу движка