Respublikadagi barcha birlashmaga a'zo teleradiokanallarning 100ga yaqin vakillarini bir yerda jamlagan "Birlashish nuqtasi - milliy media mahsulot" anjumanida ko'plab masalalarga yechim topildi. Umumiy yig'ilishni O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruv raisi, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ochib berdi. Hududiy telekanal vakillariga, rahbarlariga sohaga oid topshiriqlar berildi. Kelgusida birlashma faoliyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli rejalar yuzasidan nutq qildi.
Milliy kontent yaratishda nimalarga e’tibor berilishi kerakligi, auditoriyaning xilma-xilligini hisobga olib, odamlarning keng doirasiga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun turli milliy madaniyatiga urg‘u berishi misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, multfilmlarning bugungi kunda bolalar hayotidagi o'rni, tarbiyaviy ahvoli xususida so'z yuritildi.
Uchrashuv so'ngida, kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan rejalar tuzildi. Topshiriqlar ijrosi ta'minlanishi ustidan nazorat o'rnatildi.
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |