37 million so‘m qarz evaziga mashinasini boshqa birovga garovda qoldirgan bu ayol mashinani kreditga olgandi. Kredit qarzdorligi vaqtida bartaraf etilmagach, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan 133 million so‘m kredit qarzdorligini undirish, garovdagi “Neksiya3” rusumli avtotransport vositasiga majburiy undiruv belgilandi. Biroq, majburiy ijro harakatlari jarayonida mashinani topishning imkoni bo‘lmadi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qator imtiyozlar berilayotgan bir paytda bank tomonidan olingan kreditlarni vaqtida qaytarmaslik holatlari ham ko‘plab uchramoqda. Viloyat miqyosida tadbirkorlik sub’yektlarining tajorat banklaridan bo‘lgan qarzdorligi hozirda 200 milliard so‘mdan ortiq bo‘lib, bu esa bevosita majburiy ijro harakatlari olib borilishiga sabab bo‘lmoqda.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida sudning ijro varaqalariga asosan javobgarlardan savdo do‘konlari, bino va turar joylar, avtotransport vositalari va hamda mehmonxonalar xatlovga olindi.
Ijro harakatlarini olib borish jarayonlari davlat ijrochilari uchun doim ham oson kechmaydi. Ba’zida ijrochilarning asosiy vaqti qarzdorlarni qidirish bilan o‘tishi ham bor gap. Biroq vaziyatdan qochish bilan qarzdorlikni bartaraf qilib bo‘lmaydi. Ertami kechmi uni to‘lash kerak bo‘ladi. Aks holda kattagina mehnat evaziga barpo etilgan mol mulklardan ayrilib qolish ham hech gap emas.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |