Spirtli ichimlik iste’mol qilib avtomashina boshqargan haydovchi aybini inkor qilmagan holda oz miqdorda ichganligini aytib suddan yengillik so‘radi. Ba’zida jinoyat yoki huquqbuzarliklar uchun jazo tayinlanayotganda insoniylik tamoyillari ustun qo‘yiladigan vaziyatlar ham bo‘ladi. Biroq oqibati ko‘ngilsiz holatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatda qat’iy jazo qo‘llash qonun ustuvorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha kasbi tumani sudining sayyor sud majlisida mazkur har ikki jihatning amaliy ifodasini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Sayyor sud davomida tuman ichki ishlar bo‘limi taqdimnosasiga asosan prbatsiya nazoratida turgan mahkumlarni muddatidan avval ozod qilish bilan bog‘liq hujjatlar muhokama qilinarkan, aynan bir qator mahkumlar insonparvarlik dalolatnomasi asosida ozod etildi. Ehtiyotsilik ortidan yo‘l transport hodisasi sodir qilgan, oqibatda inson o‘limiga sababchi bo‘lgan ushbu mahkum jazoning ma’lum qismini panjara ortida o‘tagan bo‘lsa, hozirda probatsiya nazoratida jazo o‘tab kelayotgandi. Uning pushaymonligi va xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarganligi muddatidan avval ozod bo‘lishiga imkon yaratdi. Shuningdek, sayyor sud davomida qo‘shnisi, hamkasbi va yana boshqa bir holatda turli huquqbuzarliklarni sodir qilganlik bilan bog‘liq ishlar ham ko‘rib chiqilib, avvalambor ularni yarashtirishga, huquqiy tushunchalar berishga keng ahamiyat qaratildi. Maqsad arzimagan sabab bilan nizolashib qolganlarga qilmishlarining oqibatlarini tushuntirish orqali ularni behuda javobgarlikka tortilib qolishlarining oldini olish ekanligini anglatish edi.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |