Yomg‘irlar aslida rizq-ro‘z, baraka. Ammo yog‘ingarchilikning me’yoridan oshishi toshqin va sellarga sabab bo‘lib, buning oqibati anchagina talofatli bo‘lishi mumkin. Kuni kecha boshlangan yog‘ingarchiliklar oqibatida e’lon qilinayotgan xabarlar va ularga ilova qilinayotgan videolar ham ushbu fikrlarimizni tasdiqlaydi, tabiiyki.
Qashqadaryo viloyatida tun bo‘yi yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchiliklar natijasida ba’zi hududlarda suv miqdorining ortishi tufayli kuzatilgan suv sathining ko‘tarilishi nafaqat viloyatning tog‘li hududlarida, balki markaz qarshi shahrida ham erkin harakatlanishni biroz cheklab qo‘ydi. Ba’zi mahallalar hududiga kirish yo‘llari butunlay suv ostida qoldi. Shaharning asosan markaziy ko‘chalarida kuzatilgan suv to‘planishi piyodalar uchun ham muammoga aylangani rost. Asosan soy va daryolarga quyilgan sel suvlari fuqarolar va ularning mol mulkiga zarar yetkazmadi, deydi mas’ullar.
Shuningdek, mas’ullar viloyatning tog‘li, shahrisabz, kitob, dehqonobod, yakkabog‘ va qamashi tumanlarida kuzatilgan toshqinlar videolari bir qaraganda vahimali tuyulsa-da, ammo buning natijasida biror talofat kuzatilmaganini qo‘shimcha qilib o‘tishdi.
Bahorning seryog‘in kunlari hali oldinda. Demak, bu boradagi hushyorlik zarar qilmaydi. Mutaxassislar tomonidan sel toshqinlarga qarshi muntazam ogohlantirishlar va tushuntirish ishlarining olib borilishi esa, talofatlar ko‘lamining kamayishiga xizmat qilmasdan qolmaydi.
Montajchi: Shavkat Aminov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |