Yangiliklar

JAMOA SHARTNOMASI - HUQUQLAR HIMOYACHISI

Поделиться:

Korxona va tashkilotlarda ish beruvchi hamda hodim o’rtasidagi munosib vositachi vazifasini bajaruvchi kasaba-uyushma qo’mitalarining faoliyatiga bugun har yilgidiganda ko’proq e’tibor qaratilyapdi. Tuzilgan jamoa shartnomalari asosida kasaba-uyushma qo’mitalari tamonidan olib borilyotgan ishlar inson qadrini ulug’lash g’oyasining amalda ifoda e’tilishiga hizmat qilmoqda. 


1200 nafarga yaqin hodim faoliyat olib borayotgan “Talimarjon” issiqlik elektrostansiyasi aksiyadorlik jamiyatidagi mehnat jamoasiga munosib sharoitlar yaratish, ularning salomatligini tiklash, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar, Mehnat qonunchiligi va stansiyaning mavjud jamoaviy shartnomasida belgilab berilgan bandlar asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Korxona masullari va xodimlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda jamoaviy shartnomasi bo’yicha 2023 yilda bajarilgan ishlar xususida ma’lumot berildi.


Bugun amalga oshirilayotgan islohatlarning barchasi avvalo inson uchun xizmat qilishi, har bir yurtdoshimiz erkin va faravon hayot kechirishi uchun zamin hozirlashi lozim ekanligi muhim hisoblanadi. Bu maqsadning qonuniy asoslaridan biri hisoblangan jamoa shartnomalarining amalda aks etishi, hodimlarning bugunidan rozi kayfiyatda mehnat qilishlariga munosib asos bo’la oladi. Uchrashuv davomida mehnat jamoasiga mazkur xujjatning ahamiyati batafsil tushuntirib o’tildi. Shuningdek ishchilarning fikr mulohazasi va jamoa shartnomasidagi boblar bo’yicha savollari hamda takliflari ham tinglanib, ularga atroflicha javoblar berildi. 


Muxbir: Elyor Darxon
Montajchi: Elyor Darxon

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
SEL KO'PRIKNI YAROQSIZ HOLGA
22-05-2024, 17:48
img
SUD TIZIMI ADOLATLIMI?
29-04-2024, 15:04
Оцените работу движка