Yangiliklar

JISMONIY HARAKAT QIL!

Поделиться:

Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazildi. Maqsad: viloyatda aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo'yicha sport sinovlari topshirish jarayonlari mavzusida so'z yuritildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi “Aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo’yicha sport sinovlarini tashkil etish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida aholining barcha qatlamlari o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida sport sinovlari o’tkaziladi.


“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari topshirish orqali bir qancha ijtimoiy imkoniyatlar va imtiyozlarga ega bo’lish xususida ham matbuot anjumanida fikr yuritildi.

Anashunday o’tkazilayotgan tadbirlarning ahamiyati esa jurnalist va OAV vakillariga tushuntirildi.


Muxbir: Mohinur Turg'unzoda
Operator: Shahzod Panjiyev
Montajchi: Mohinur Turg'unzoda

Kalendar

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
KO'K RANGDAGI FAVVORA,
9-05-2024, 14:54
img
XAVFLI KUSHANDA
17-05-2024, 16:59
Оцените работу движка