Yangiliklar

MAQSAD - ISHSIZLIKKA BARHAM BERISH

Поделиться:

Vaqt – oliy hakam. Har bir soniyadan unumli foydalanish va oʻz yurti, oilasi rivoji uchun ham hissa qoʻshish maqsadga muvofiqdir. Baʼzilar, toʻgʻri, kasbi doirasidagi ishni topishga qiynalishlari mumkin. Lekin, harakat qilinsa, natijaga erishishlari aniq.  Bugungi kunda, viloyatda 3 mln 560 ming aholi bo‘lib, shundan, mehnatga layoqatlisi 1 mln 830 ming nafarni tashkil etadi. Ish bilan 1 mln 220 mingi, jumladan, rasmiy sektorda bandlar 473 mingni, norasmiy sektorda 590 mingni, ishsizlar 96 mingni, ishsizlik darajasi 7,3 foizni ko'rsatmoqda. Shu singari ma'lumotlar Qarshi shahridagi jurnalistlar uyida o'tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 -yil 9 -  yanvardagi “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash maqsadida 2024 - yilda 524 ming nafar aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha sohalar, yo‘nalishlar va oylar kesimida rejalar tasdiqlangan.  Jumladan, investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 13 621  ming nafar, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik yo‘nalishida 84 600 ming nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 416 316 nafar, qurilish sohasida 10 124 nafar aholini bandligini ta’minlash belgilangan.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Asliddin Eshonqulov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
SOATLAB YO'L YURAYOTGAN
15-05-2024, 17:01
img
18 YIL KUTILGAN ORZU USHALDI
17-05-2024, 16:40
Оцените работу движка