Yangiliklar

YENGIL JAZO OG'IRIGA ALMASHTIRILDI

Поделиться:

Dehqonobodlik Umid Malikov o‘zi yashab kelayotgan qishloqning yagona tibbiyot xodimi. Shu boismi tun-u, kun uning uyidan xizmatiga muhtojlarning qadami uzilmaydi. Biroq, bir sabab bo‘lib, xatoga yo‘l qo‘ydi va unga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoga ko‘ra endilikda u belgilangan vaqtdan tashqari uydan chiqolmas, zarur chaqiruvlarga ham borishning imkoni yo‘q edi. Jazo muddatining tugashiga esa hali vaqt bor. Vaziyatni inobatga olgan probatsiya xizmati Umid Malikovni muddatidan avval ozod qilish yuzasidan sudga tuma IIB bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomasini kiritdi. O‘tkazilgan sayyor sud jarayonida mazkur taqdimnoma muhokama qilinarkan, taqdimnoma qanoatlantiriladigan bo‘ldi. Qonunlarimizdagi insonparvarlik dalolatnomalarining hayotiyligi aslida mana shunday holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Biroq sud tomonidan tayinlangan jazoga nisbatan mas’uliyatsizlik qilish, oqibatlarini tushunib yetmaslik jazonining og‘irrog‘iga almashtirilishiga sabab bo‘lishini ham unutmaslik kerak. Qo‘shmachilik jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab kelgan bu ayol sudda bunga bemorligini vaj qilib ko‘rsatdi. Lekin to‘plangan hujjatlar muhokamasida bu vajlar o‘z tasdig‘ini topmay, ayolning jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi. Sayyor sud davomida viloyat sudi mas’ullarining fuqarolar bilan uchrashuvi ham tashkil etilib, uchrashuv davomida ularning sud huquq sohasidagi murojaatlari tinglandi. Har bir qonun buzilishi yoki fuqarolar huquqlarining huquqlari buzilishi bilan bog‘liq murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка