Yangiliklar

ELEKTR ENERGIYADAN FOYDALANISH QIMMATLASHDI...!

Поделиться:

To‘lov haqi osharmish...

Odamlar orasida tarqalgan bu xabar ko‘nglingizni biroz xufton qilishi rost. Ammo xafa bo‘lishga shoshilmang. Zarur me’yoriy hujjatni oxirigacha o‘qib chiqsangiz, xavotiringiz yo‘qoladi.

Energetik vazirligining xabar berishicha, hisob raqami 1 - maygacha ortig‘i bilan to‘ldirib qo‘yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha faqat 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. 1 - maydan keyin ortig‘i bilan to‘langan mablag‘ yangi oshirilgan narxda hisoblanadi.

Kuni kecha ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan matbuot anjumani shu kabi o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berdi.


Elektr energiyasini boshqarish tizimini takomillashtirish... Xo‘sh, bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ta’kidlanishicha, aholi iste’molchilariga yetkazib beriladigan mazkur qulaylik uchun davlat tomonidan subsidiya qo‘llanilgan holda narxlar belgilangan. Ahamiyatlisi, 1 kVt × soati ishlab chiqarish hamda yetkazib berish tannarxiga nisbatan past narxda, ya’ni 295 so‘mga teng bo‘lmoqda. Bundan tashqari, yangi taklif qilingan tarif islohotiga ko‘ra har bir inson davlat tomonidan buning uchun subsidiyalarni adolatli, ya’ni “ijtimoiy norma” dan chiqib ketmagan holda oladi. Aniqrog‘i, ma’lum me’yor belgilanadi. Bu esa qarorga muvofiq, oyiga har bir odam uchun 200 kilovatt soat bo‘ladi.


Xalqimiz orasida “Suvning ham so‘rovi bor” mazmunidagi maqolsifat hikmatli gap yuradi. Albatta, bejizga emas. Zamirida bizga berilayotgan ne’matlarning har tomchisi – yu, bo‘lagini avaylash, qadrlashga undashdek sharafli yumush mujassam. Amalga tatbiq qilinayotgan yangicha islohotlar ham ushbu mazmundagi maqsadlarni nazarda tutadi va soha rivojiga hissa qo‘shadi.


Muxbir: Zebo Qosimova
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
HECH KIM HUJJATSIZ QOLMAYDI
4-04-2024, 14:52
img
UNIVERSITETDA - "KARYERA
18-04-2024, 17:45
Оцените работу движка