Yangiliklar

"OLTIN DEVOR" SPEKTAKLI NAMOYISHI

Поделиться:

O'zbekiston davlat musiqali komediya operetta teatri aktyorlari Qashqadaryoda! Ular ko'tarinki ruhda viloyatimizga tashrif buyurib, o'zlariga ajratilgan rolni maromiga yetkazib, ijro etdilar.


2023 yil oktyabr oyidan buyon tayyorgarlik asosida Erkin Vohidovning "Oltin devor" asariga spektakl sahnalishtirilgan. Joriy yil mart oyida premyerasi bo'lib o'tgan. Katta mehnat va katta tajriba talab etadigan har qanday tomosha muxlislar olqishiga sazovor bo'lishga ko'maklashadi.


Erkin Vohidov ijodida yumoristik talqin, yumoristik tasvir alohida o‘ringa ega ekanligini “Oltin devor” komediyasida yaqqolroq ko‘rishimiz mumkin.  Bunda voqealarni asosiy harakatga keltiruvchi tugun – xumchadagi oltinlarning topilishi bilan bog‘liq.


Bir-biridan umumiy ajratib turuvchi ikki qo'shni - Abdusalom va Mo'min qarindoshlik aloqalarini o'rnatish maqsadida quda bo'lishga ahd qiladilar. Farzandlari to'ylarini hovlida o'tkazish uchun ular uyni ajratib turuvchi o'rtadagi devorni buzishga kelishadilar. Buning natijasida bir ko'za oltin topib olishadi. Mazkur ish ortidan spektakl qahramonlari boshlaridan turli voqealarni kechiradilar.


Kamediya janridagi mazkur sahna asari qizg‘in voqeliklarga boy bo‘lganligi bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ana shunday asarlar orqali nafaqat madaniy hordiq chiqarish mumkin, shuningdek, ba'zan hayotda uchrab turayotgan muammolarni bartaraf etilishiga, uni o'z vaqtida idrok etishga zamin yaratadi.


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Shahzod Panjiyev

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
MIRAKI VA MAYDANAK - KELGUSIDA
18-04-2024, 16:49
img
"OLTIN DEVOR" SPEKTAKLI
18-04-2024, 17:56
Оцените работу движка