Bolalar hayotimiz mazmuni, ertangi kunimiz, kelajagimiz egalari. Ularning shodon kulgusi dunyoni quvonchga to‘ldiradi. Qarshi shahridagi 36-MTTda o'tkazilgan tadbir ham aynan jajjilarning ishtiroki bilan bo'ldi. Badiiy kechada shirintoylar tomonidan sahna ko'rinishlari, bobokalonlarimizga hurmat bajo aylash mazmunidagi chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, ertak qahramonlari zumrad va qimmatning obrazi yig'ilganlarga ham, bolajonlarga ham taassurot uyg'otdi. Sababi, mazkur ertakda yalqovlik va chaqqonlik, donolik va nodonlik aks ettirilgan. Ikki xil tarbiyadagi holatdan ular faqat yaxshilikni o'zlariga odat qilib olishlari maqsad qilingan. Bola tabassumi bilan dunyo yasharadi, yashnaydi, yangilanib boraveradi. Negaki bolaning beg‘ubor kulgisi insonga yashash uchun kuch ato qilsa, ishlash, izlanish, yaratish uchun esa bardavom rag‘bat va ishonch baxsh etadi. Ana shunday tadbirlar mittivoylarga yuqori kayfiyat bag'shida etibgina qolmasdan, kelajakda ilmli, slaohiyatli, ota-bobolariga hurmat, yaqinlariga mehrli bo'lishlariga zamin yaratadi.
Montajchi: Asliddin Eshonqulov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |