Yangiliklar

SEL, TOSHQIN VA YONG`INLARGA QARSHI CHORALAR...

Поделиться:

Suv toshqini — daryo, ko‘l yoki dengiz suvi sathining ko‘tarilishi natijasida quruqlikni suv bosishi. Daryo suvi, asosan, havo temperaturasi keskin ko‘tarilib, qor yoki muzliklar qisqa vaqtda ko‘p miqdorda eriganda, qattiq jala quyganda toshadi. Daryo o‘zaniga muz tiqilib qolganda ham toshqin ro‘y beradi. Dengiz sohillari va orollarda zilzila paytida yoki okeanda vulqon otilganda to‘lqin ko‘tarilishi natijasida ham St. vujudga keladi. Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natjasida suvlarning sathi keskin ko‘tarilib, daryo, ko‘llarga sig‘maydi va natijada ekin maydonlarini turar joy massivlarini, yo‘llarni suv bosadi va ularni izdan chiqaradi.


Respublikamiz bo‘ylab joriy yilning 15-mart kunidan 15-aprel kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Yakkabog’ tumanida o‘tkazildi. Hozirgi lavhamiz shu haqda.


“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida FVV va Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mas’ullari hamda viloyat Toshqinga qarshi komissiyasi ishchi guruhi hamkorligida Yakkabog‘ tumanidan oqib o‘tuvchi Qizilsuv daryosining "Suv taqsimlash inshooti" da maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.


O‘quv mashqida tegishli soha mas’ullari tomonidan yuqoridagi manzilga barcha zarur kuch-vositalarni jalb etgan holda, mazkur daryo qirg‘oqlarining qariyb 300 metr qismida rostlash va mustahkamlash ishlari olib borildi.

Oylik doirasida bajarilgan bu kabi amaliy tadbirlar bahor-yoz mavsumlarida toshqin suvlarini betalofat o‘tkazib yuborishda va aholi xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Suv balosi-o‘t balosidan o‘zi asrasin.


Muxbir: Mohinur Turg'unzoda
Montajchi: Mohinur Turg'unzoda

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
QURILISHDAGI QING IRLIKLAR
9-04-2024, 18:13
img
O'ZBOSHIMCHALIK OQIBATI
24-05-2024, 17:00
img
TADBIRKOR - ELGA MADADKOR
6-06-2024, 16:31
Оцените работу движка