Yangiliklar

"KORRUPSIYA - DAVLAT KUSHANDASI"

Поделиться:

Korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”. Mazkur atamasi lotincha  soʻzidan olingan boʻlib, pora berib sotib olish, buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (maʼnaviy) buzilish degan maʼnolarni anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 5-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qashqadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi o‘zaro hamkorlik bilan jamiyatda korrupsiyaning oldini olish, bunga qarshi kurashish bo‘yicha “Kelajakni korrupsiya illatidan asraylik!" nomli seminar-trening o‘tkazildi.


Ta'kidlanganidek, korrupsiya bu - davlatning rivojlanishiga zarar keltiruvchi omil sanaladi. Bu ikki turga bo‘linadi: yirik va mayda.

Yirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yo‘qqa chiqaradigan, hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq hisobidan manfaat ko‘rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.

Mayda turi esa odatda hokimiyatning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari mansabdorlarining kundalik vakolatlarini (shifoxonalar, maktablar, militsiya bo‘limlari va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar bilan aloqa qilishda) suiiste'mol qilishlari tushuniladi.


Tadbir so'ngida Statistika agentligi hamda Qashqadadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi mutasaddilari o‘zaro hamkorlik bilan jamiyatda sog‘lom muhitni yaratish yuzasidan har chorakda ana shunday muloqot, seminar - trening o'tkazishga kelishib oldilar. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz»


Muxbir: Mohinur Turg’unzoda
Montajchi: Asliddin Eshonqulov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
"ADLIYA BOG I" TASHKIL ETILDI
24-04-2024, 16:31
img
KATTA HAYOTGA ILK QADAM
1-06-2024, 15:06
img
JAJJILAR DOIM E'TIBORDA
6-06-2024, 16:15
Оцените работу движка