Yangiliklar

NOSOZ YO'LLAR YOZGA QADAR TA'MIRLANADI

Поделиться:
Qarshi tumanining kojor qishlog'idamiz. Bizni bu manzilga yo'llagan masala qishloqni tuman markazi bilan bog'lab turuvchi avtomobil yo'li bilan bog'liq muammo bo'lib, ushbu muammo kojorliklarni mana bir necha yillardan beri qiynab keladi.

Dasturimiz yo'llangan mazkur murojaatni o'rganish avvalida qishloq yo'llarini hozirgi yangicha tizim bilan ta'mirlash mumkinligi xususidagi mulohazalarga ham bordik va bu boradagi mulohazalarimizni qishloq odamlari bilan ham o'rtoqlashdik. Ya'ni tashabbusli budjet orqali obod bo'layotgan qishloq yo'llaridan misollar keltirdik. Bunga javoban qishloq odamlari tashabbusli budjet orqali ichki yo'llarni asfallashtirib olishganini mamnunlik bilan ta'kidlab, mazkur asosiy yo'l ichki yo'lga kirmasligini, davlat ahamiyatidagi yo'l ekanligini ma'lum qilishdi.

Yo'lning so'ngi 40 yildan ortiq vaqt davomida ta'mirlanmaganligi ortidan qisqa masofaga ham soatlab vaqt sarflayotganini bildirgan odamlar yog'inli kunlarda loy va shalabbo, yozda chang to'zon ichida qolishayotganini so'zlashdi.

Odamlar ushbu masalada yordam so'rab muntazam murojaat qilib kelisharkan. Albatta ularning murojaatlari asosida yo'lning bir qismi o'tgan yillar davomida asfaltlashtirib ham berilgan ekan.

Muammoni o'rganish jarayonida masalaga daxldor mas'ullar manzilda bo'lib, muammoning yechimi xususida quyidagicha izoh berishdi.
Inter yo'ldan Navro'z Berdiyev, Qarshi tumani yo'llardan foydalanish korxonasi bo'lim boshlig'i.

Mas'ulning so'zlariga ko'ra muammo o'z holiga tashlab qo'yilmagan. Vaziyatni yaxshilash borasida amaliy harakatlar boshlangan. May oyiga qadar yana 1 kilometr masofada asfalt yotqizilishini bildirgan mas'ullar so'zlariga biz ham ishondik. Va o'tgan yilda boshlangan ishni ko'rib bu so'zlarning quruq va'da bo'lmasligiga umid qildik.
Muxbir: Shavkat Aminov
Operator: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
UY QAMOG'I SIM TO'SIQLAR
13-05-2024, 16:46
img
KASB FIDOYILARI E TIROFDA!
19-04-2024, 18:24
Оцените работу движка