Shodiyor Boymurodov va turmush o‘rtog‘i Samara Toshqulova Koson tumani markazidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan "Xo‘jaquduq" mahallasida yashaydi.
Qarangki, ular shu kunga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni olishmagan ekan.
Biroq, davlat xizmatlari markazi tomonidan bu muammoga yechim topildi. Ikkisiga ham O‘zbekiston respublikasi ID karta pasporti rasmiylashtirildi. To‘rt nafar farzandiga ham tug‘ilganligini belgilovchi hujjatlar topshirildi. Eng asosiysi, qonuniy nikohi ham qayd etildi.
Kadr orti: Koson tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan 75 ta mahallasida xatlov o‘tkazildi. Natijada tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan aj-ralganlik, o‘lim haqidagi guvohnomalari va fuqarolik ID kartasi olmaganlar ro‘yxati shakllantirildi.
Buning asosida 382 ta holat bo‘yicha fuqarolarga ushbu hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
Jarayonlar, albatta, davom etayapti. Ahamiyatlisi, bir paytlardagi kabi sarsongarchilik, vaqt yo‘qotish va umidsiz kutishlar yo‘q. Negaki, sohalar bo‘ylab olib borilayotgan islohotlar tufayli, insonlarga deyarli barcha imkoniyat va qulayliklar yaratilayapti.
Montajchi: Asliddin Eshonqulov
Комментарии
Kalendar
« Ноябрь 2024 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |