Yangiliklar

KO`KDALA TUMANIDA TARVUZ PISHDIMI...?

Поделиться:

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘kdala tumanida tarvuz pishganligi xabarlar sir emaski bu yil ham jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Mamlakat bo‘ylab birinchilardan bo‘lib el dasturxoniga tarvuz tortiq qiladigan mirishkor dehqonlarning bu boradagi mehnatlari ham olqishlandi. Chindan ham yildan yilga tobora qisqa muddatlarda tarvuz yetishtirishning uddasidan chiqayotgan ko‘kdalaliklarning mehnatkashligi tahsinga loyiq. Biz ham ushbu xabarlar ortidan tumanda bo‘lib, dehqonlar quvonchiga sherik bo‘lish umidida kunning ikkinchi yarmida yo‘lga otlandik.


Manzilga yetganimizda biroz anglashilmovchilik bo‘lgani, tarmoqlardagi xabarlarda ilova qilingan suratlarning avvalgi yillardagi jarayonlardan olingani oydinlashdi. Ozgina shoshilinch e’lon qilinibdi, deydi dehqonlar iymangandek.


Tumanning utamayli qishlog‘iga kirib borarkanmiz, tarvuz ekilmagan biror xonadonni uchratmadik. Faqatgina bu yilgi ob-havoning seryog‘in kelishi ortidan hosil yetilishi biroz kechikkanini bildirgan dehqonlar yaqin o‘n kunlar orasida mahsulotni bozorga chiqarishlarini ma’lum qilishdi.


Odatdagidek qish chillasida boshlangan harakat o‘z natijasini ko‘rsatib turibdi. Ayni damda palaklardagi tarvuzlar yetilish arafasida. Shu bois xabarlarning rost yoki yolg‘onligi unchalik ham ahamiyatli emasdek. Muhimi tarvuz timsolini yarata olgan ko‘kdalalik mirishkorlar joriy yilda ham birinchilikni qo‘ldan berish niyatida emaslar.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка