Yangiliklar

SEL TO`G`ONNI BUZIB YUBORDIMI?

Поделиться:

Po‘rtana bo‘lib oqayotgan mana bu daryo suvi hozircha ancha sokin. Go‘yoki daryo doim shunday manzara kasb etadi. Biroq yog‘ingarchiliklar mavsumida unda kuzatiladigan manzara butunlay boshqacha bo‘ladiki, holat odamlarni ham xavotirga solmasdan qolmaydi. Yakkabog‘ tumanining tog‘ga yaqin Xiyobon mahallasidan kesib o‘tgan qizil daryodagi bunday manzaralar mahalla ahliga yaxshigina tanish.

So‘ngi kunlarda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar 2-3 kunlar avval daryo o‘zanini to‘ldirib sel kelishiga sabab bo‘larkan, daryoda qurilayotgan kichik to‘g‘ondagi, mahalliy aholi selpoya deb ataydigan inshootdagi yemirilishlar xabari bizni ushbu manzilga yetakladi.

Suvning ko‘lamini u qoldirgan izlardan ham bilish qiyin bo‘lmaydi. Toshqin natijasida daryoda qurilayotgan to‘g‘onning bir qismi o‘rnidan ko‘chib tusharkan, kattagina mablag‘ evaziga qurilayotgan inshootning birinchi zarbaga dosh berolmagani hudud aholisini e’tiboridan chetda qolmadi.

Daryoda suv miqdori kam bo‘lsa-da, uning yaqinida bo‘lish biroz vahimali tuyularkan. Holatni kuzatarkanmiz, xayolimizga inshootning texnik holati xususida qator savollar kela boshladi. Ayni paytda hududda bo‘lmagan mas’ullar bilan telefon orqali bog‘lanib, ular bilan uchrashishga kelishdik va savollarimiz javobini olishga harakat qildik.

Mas’ulning so‘zlariga ko‘ra kuzatilgan sel hali yakuniga yetmagan to‘g‘onga talofat yetkazmasligi uchun uning bir qismi maxsus ochib yuborilgan. To‘siqdagi sinishlar ham shuning natijasida yuzaga kelgan ekan.

Holatni o‘rganish jarayonida qurilish ishlarining har bir bosqisi nazorat ostida ekanligi, tegishli idoralar tomonidan doimiy kuzatib borilayotgani ham ma’lum qilindi.

Holatni o‘rganish jarayonida ushbu to‘g‘on toshqin kuchini kamaytirish, oqibatda kuzatilishi mumkin bo‘lgan talofatlar oldini olish maqsadida qurilayotgani oydinlashdi. Faqatgina yomg‘irlar mavsumi boshlanishi ortidan kuzatilayotgan sel suvlari ishni biroz murakkablashtirdi, deydi mas’ullar. Shuningdek, ular ish yakuniga qadar bu holatlar to‘liq bartaraf etilishini qo‘shimcha qilib o‘tishdi.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
UY OLAMAN DEB ALDANGANLAR
30-04-2024, 16:44
img
O'LIK KO'LDA HAYOT QAYTA
7-05-2024, 19:02
img
XAVFLI KUSHANDA
Вчера, 16:59
Оцените работу движка