Yangiliklar

"ADLIYA BOG`I" TASHKIL ETILDI

Поделиться:

Qarshi tumani fhdyo bo‘limining 1 toifali inspektori lola qarshiyeva yaqin kunlar orasida bu qadar jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmagan edi. Ozgina mehnat kayfiyatini ko‘targanini mamnunlik bilan ta’kidlagan mudira qadagan nihollarining ertaga azim daraxtga aylanishiga qattiq ishonadi.


Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yashil makon umummilliy loyihasi doirasida adliya bog‘ining tashkil etilishi tizimdagi barcha xodimlarni uyushqoqlikka undamasdan qolmadi. Kimdir egat oldi, kimdir ko‘chat qadadi. Ko‘chatlarni sug‘orish xotin qizlardan ortmadi.


Qarshi tumanining chaman mahallasi hududidan ajratilgan 70 sotix yer maydoni qisqa fursatlarda adliya bog‘iga aylandi. Keltirilgan gul va daraxt ko‘chatlari tartib bilan qadaldi.


O‘tkazilgan tadbirda bog‘ hududiga 2000 dan ortiq atirgul, 2000 dan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, ular parvarishiga mas’ullar belgilab olindi. Mehnatkash jamoa bugun ekilgan bir dona nihol erta katta daraxtga aylanishini, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand bo‘lishi, muhimi buning ortidan olayotgan nafasimiz musaffoligi ta’minlanishini his qilgan holda bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishdi.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
QIZIQISHDAN TADBIRKORLIKKA
27-04-2024, 17:42
img
UNIVERSITETDA - "KARYERA
18-04-2024, 17:45
Оцените работу движка