Yangiliklar

EKSPORT - HAMKORLIKNING MUHIM OMILI

Поделиться:

Jinoiy qilmishi uchun 8 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Murodjon Muhitov boshqa vaziyatda o‘zini tikuv mashinasi yonida tasavvur ham qilmasdi. Biroq panjara ortida o‘tayotgan kunlarni mazmunli qilishning yagona yo‘li biror yumush bilan shug‘ullanishda ekanligini u dastlabki kunlardanoq tushunib yetgandi.

Umuman olganda jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bandligini ta’minlash, ularni kasb hunarga yo‘naltirishning o‘zi ham tarbiya vositasi, aslida. Buning uchun esa muassasada yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlarning yaratilayotgan bo‘lib, ish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini ko‘tarish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Koson tumanidagi 10 sonli jazoni ijro etish muassasasidagi jarayonlar esa buning amaldagi ifodasidir.

Bugungi kunda muassasada yo‘lga qo‘yilgan ish jarayoni va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan amaliy harakatlar natijasida mahkumlar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda.

Ushbu jarayonlarni mamlakatimizdagi boshqa jazoni ijro etish muassasalarida joriy qilish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda mehmonlarga yangi tashkil etilgan tikuv sexi, o‘ymakorlik, koptok tayyorlash jarayonlari va mahkumlarning kundalik turmush tarzi bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi. Shuningdek, muassasada yangi tejamkor isitish qozonxonasi xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Insonni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, uning kasbiy ko‘nikmasini shakllantirish tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni halol mehnati evaziga oila tebratgan odam keyinchalik ham jinoyat ko‘chasidan yiroq yurishga intiladi. Panjara ortidagi shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘rgatish, kasbiy mahoratini oshirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishi va o‘z mehnati bilan oilasiga yordam berishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar o‘z o‘rnida ularni mehnat orqali tarbiyalash va ozodlikka chiqqach, egallagan kasbida faoliyat yuritishi uchun ham imkoniyat yaratib berishi bilan ahamiyatlidir.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
YOSH QUTQARUVCHI - BO'LAJAK
26-04-2024, 18:40
img
QING IR ISHNING QIYIG I...
23-04-2024, 16:06
img
"ALDAGANI AYOL YAXSHI"
15-05-2024, 17:00
Оцените работу движка