Yangiliklar

SEL AHOLINI SUVSIZ QOLDIRDI

Поделиться:

Yog‘ingarchiliklar ortidan kuzatilayotgan sel toshqinlar kim uchundir zavqli tomosha bo‘lsa, afsuski, ko‘p hollardan uning talofotlari yana kimlar uchun katta muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, so‘nggi kunlardagi suv toshqinlari sabab shahrisabz tumanining toshbuloq qishlog‘idan o‘tgan avtomobil yo‘lining o‘pirilishi hudud aholisini ichimlik suvisiz qoldirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda shahrisabz kamar ommag‘on avtomobil yo‘lining ushbu hududdan o‘tgan qismidagi yo‘lning o‘pirilib ketishi xususidagi videoxabarlar ortidan manzilda bo‘lib vaziyat bilan yaqindan tanishishga harakat qildik.  Hozirda yo‘lning bir qismi avtomobillarning harakatlani uchun vaqtinchalik tartibga keltirilgan. Nosoz qismi beton to‘siqlar bilan yopib qo‘yilgan. Odamlar har besh o‘n yilda yo‘lni sel olib ketishini bildirarkan, buni qurilish ishlaridagi mas’uliyatsizlik bilan izohlashdi. Ustunidan ajralib ketgan ushbu maxsus konstursiyalarning holati ularning o‘rnatilganiga hali uncha ko‘p bo‘lmaganini bildirarkan, mutaxassislar buning sababini quyidagicha izohlashdi. “ Yemirilgan yo‘lda harakatni tiklash uchun olib borilgan ishlar natijasida boshqa bir muammo o‘rtaga chiqdi” deydi odamlar. Qishloqni ichimlik suvi bilan ta’minlab turgan kanalning buzib yuborilishi ortidan aholi 10 kundan ortiq vaqt davomida suvsiz qolishmoqda. Mahalla raisi ta’kidlaganidek, “Muammo haqida mas’ullarga xabar berilgan. Biroq ular buni paysalga solishmoqda. Suvchilar yo‘lchilarga, yo‘lchilar suvchilarga aybni yuklab vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda” deydi odamlar kuyunchaklik bilan. Tuman irrigatsiya bo‘limi mas’uli telefon orqali bir kun ichida quvur tortish ishlari boshlanishini ma’lum qildi. Tabiy ofatlardan ko‘z yumib bo‘lmaydi, albatta. Binobarin, sel toshqinlar ham shular jumlasidan. Biroq ular oqibatlarini tezroq bartaraf etish, aholi muammolariga yechim topish dolzarb vazifa. O‘ylaymizki, ma’sullar toshbuloqliklarni suvsiz qoldirgan tarmoqni o‘zlari va’da qilgan muddatda qayta tiklab, muammolariga yechim topishadi.

Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz
Оцените работу движка