Yangiliklar

SELDAN OMON CHIQQAN HAYDOVCHI

Поделиться:

Soy bo‘ylab mashina boshqarganmisiz. Ayniqsa, xar laxzada yegingarchilik kutilishi mumkin bo‘lgan bir paytda.


Mashinamiz qumda botib qolguncha ko‘ngilda xavotirimiz yo‘q edi. Biroq keyingi jarayonlarda bu tavakkalimiz bizni anchagina qo‘rqitgani ayni xaqiqat.


Suvda xasdek oqib borayotgan damas avtomashinasi bilan bog‘liq voqealarning boshlanishi aynan biz harakatlangan mana bu soyda bo‘lib, mazkur xabarlar kuni kecha jamoatchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. Ayniqsa, mashinada qolib ketgan haydovchining taqdiri bilan bog‘liq jarayonlar xavotirlarni ham keltirib chiqarmasdan qolmadi.


Yakkabog‘ tumanining sharshar mahallasi hududidagi kamarlisoy soyi 20 aprel tushda boshlangan yomg‘irlar natijasida suvga to‘lib selni keltirib chiqardi.


Qo‘rquv va tahlikada qolgan haydovchi bir muddat toshqin ichida qolarkan go‘yo undan omon qutulishning imkoni yo‘qdek edi.


Atrofda odamlar ko‘p bo‘lsa-da, soyga tushib oqib kelayotgan odamga yerdam berishning imkoni yo‘q edi.


Holsiz haydovchini odamlar shifoxonaga yetkazishadi.


Tafsilotlar bilan tanishish maqsadida mazkur hududga yetib borganimizda odamlar hashar yo‘li bilan sel yuvib ketgan soy yo‘lini ta’mirlayotgani ustidan chiqdik. Bir qaraganda yo‘lni yo‘l deb bo‘lmasdi. Har lahzasi xavotirga to‘la bo‘lgan masofani bosib o‘tmasdan soyning narigi tomonidagi qishloqlarga borishning imkoni yo‘q ekan.


Odamlar bilan suhbatlasharkanmiz, soydagi toshqin odatiy hol bo‘lib, har yili bir talofat keltirmasdan qolmaskan.


Chindan ham hududdagi vaziyat biroz murakkab. Xavotirlarga asos bordek. Kelgusida yana kimningdir mol holi, mashinasi yoxud o‘zi toshqinda oqib ketmasligi uchun bunga hozirdan e’tibor qaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Suvdan chiqarib olingan mashinaning mana bu ahvoli ham bunga misol bo‘la oladi.


Muxbir: Shavkat Aminov
Montajchi: Shavkat Aminov

Kalendar

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
"XAVFSIZ HAYOT UCHUN
22-05-2024, 17:49
img
QING IR ISHNING QIYIG I...
23-04-2024, 16:06
Оцените работу движка