Yangiliklar

6000 DONA QO`LBOLA ALKOGOL MAHSULOTLARI SOTUVI TO`XTATILDI

Поделиться:
Birgina ushbu idishdagi ichimlik inson hayotini zararlashishi va organizmni zaxarlashi aniq. To‘g‘ri yo‘ldan ozdirishi ham bor gap. Shuningdek, alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki yashirin ishlab chiqarish, qalbaki aksiz markalar yasash jinoyat deb belgilangan.

Ta’qiqlangan bo‘lishiga qaramay, o‘ziga kasb qilib olganlar afsuski, oramizda bor.
Bu kabi yashirin faoliyatning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan ham qator vazifalar belgilab olingan.

Siz tasvirda ko‘rayotgan jarayon viloyat ichki ishlar va bojxona boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirdan lavhalardir.
Hududdagi “Oydin yo‘l” mahallasida yashovchi fuqaro o‘zining yashash xonadonidan alkogol mahsulotlarini “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasiga yuklab, Navoiy viloyatida o‘tkazish uchun olib ketayotgan vaqtida tumandagi Yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatiladi. Yukxonadan 6 000 dona qo‘lbola alkogol mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Manbani izlash uchun davom etgan tadbir ishtirokchilari Shahrisabz shahri, “Kunchiqar” mahallasida to‘xtashdi. Bu yerda istiqomat qiluvchi aholi vakili qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi fosh etildi. Qarangki, inson hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan jami 2 568 dona va qo‘lbola alkogol mahsulotlari, 1 796 dona qalbaki aksiz markalar, 920 litr spirt, 6 500 dona aroq yorliqlari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari borligi ma’lum bo‘ldi. Bularning barchasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xulosa, har galgidek o‘zingizdan. Shuni unutmaslik kerakki, qonunchilikda ta’qiqlangan har qanday ish bilan shug‘ullanishning oxiri albatta, yaxshilik bilan yakunlanmaydi.
Muxbir: Mohinur Turg‘unzoda
Operator: Mohinur Turg‘unzoda
Montajchi: Mohinur Turg‘unzoda

Kalendar

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Biz joningizga tegmaymiz

Random yangilik

img
NIKOHSIZ TURMUSHNING MUSHTI
15-05-2024, 19:03
img
MARKAZIY YO'LLAR ABGOR HOLATDA
18-04-2024, 17:22
img
9-MAY: TARIX SAHNASIDA
11-05-2024, 15:06
Оцените работу движка